09:39 / 11.06.2016
15348

Aktyor Maykl Jyeys xotinini o‘ldirgani uchun 40 yilga qamoqqa hukm qilindi

“Qalqon” serialida politsiyasi obrazini gavdalantirgan aktyor Maykl Jyeys 2014 yilda o‘z xotinini o‘ldirgani uchun 40 yilga qamoq hukmi bilan jazolandi. Bu haqda 10 iyun kuni ABC News xabar bermoqda.

Jyeys sudda xotinini o‘ldirish niyati bo‘lmaganligini ma'lum qildi. “Men barchaga yetgan ozor uchun afsusdaman”, deb uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Associated Press agentligi.

31 may kuni aktyor xotini Eypril Jyeysni o‘ldirganligini tan olgan edi. U uning yelkasiga va oyog‘iga otasidan qolgan o‘qotar qurol bilan o‘q uzgan edi.  

40 yoshli Eypril Jyeys 2014 yilning 19 may kuni o‘z uyida jonsiz holatda topilgan edi.

Top