14:34 / 11.06.2016
5629

Nazarboyev: “Aqto‘be terrorchilari mamlakatni mojarolar girdobiga tortishni xohlagan”

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning fikricha, Aqto‘bega hujum qilganlar, mamlakatni ziddiyatlar o‘chog‘iga aylantirishni va terrorizmni keng yoyishni xohlagan. 

"Bir necha kun avval, biz, Aqto‘beda keng ko‘lamli terroristik xurujga duch keldik. Bu o‘z xalqiga nisbatan sodir etilgan jinoyat bo‘lib, uni mamlakatimizni mojarolar girdobiga tortish va terrorizmni keng tarqalishini istaganlar amalga oshirgan", —degan prezident Ostonadagi Nazarbayev University bitiruvchilariga diplom topshirish tantanasida. 

Uning qayd etishicha, bunday fojiali voqealarga qaramay, Qozog‘iston o‘z islohotlarini davom ettiradi va mamlakat oldida turgan barcha strategik vazifalarni amalga oshiradi. 

"Tinchlik va xotirjamlik, xavfsizlik — bular mustaqil Qozog‘istonning bosh qadriyatlaridir. Agar bular bo‘lmasa, mamlakatimiz ham bo‘lmaydi", — deya ta'kidlagan Nazarboyev.

Top