22:11 / 11.06.2016
6022

Terri Anri: «Vardi 29 yoshda. Shunga qaramasdan «Arsenal» uni olmoqchi, u esa o‘ylab ko‘rishi kerak ekan?»

«Arsenal» jamoasining sobiq futbolchisi Terri Anri «Lester» hujumchisi Jyeymi Vardining Yevro-2016 boshlangunigacha londonliklar klubi taklifiga aniq javob bermaganidan hayronligini bildirib o‘tdi.

«Bilishimcha u 29 yoshda, to‘g‘rimi? «Arsenal» seni o‘z safiga chorlar ekan, sen bu haqda o‘ylab ko‘rishingni aytib javob qaytarasanmi? Agar men «Lester»ning 29 yoshli futbolchisi bo‘lganimda va men «Arsenal»dan taklif olganimda, sira ikkilanmasdan bu taklifni qabul qilgan bo‘lardim. Ammo men Jyeymi Vardi emasman.

Vardi fantastik mavsum o‘tkazdi, meni nato‘g‘ri tushunmang. Ularning o‘yini tarixga kiridi. Lekin men shubha qilamanki, raqib seni kutib turar ekan, endi hujumda o‘ynash oson bo‘lmaydi. U juda yorqin o‘yinlar ko‘rsatdi, lekin men ham o‘z savolimni berayapman», – degan Anri.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» Vardi uchun 20 million funt to‘lashga tayyorligini bildirgan. Futbolchining londonliklar jamoasi safiga o‘tishi haqidagi ma'lumotni «tulkilar» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri ham tasdiqlagandi.

Ammo Vardi tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak bo‘lgan kunda bunday qilmadi va Angliya terma jamoasi safida Fransiyaga yo‘l oldi.

Keyinroq uni «Lester»dagi jamoadoshlari qolishga ko‘ndirgani haqida xabar paydo bo‘ldi.

Manba: Tribuna.uz

Top