18:08 / 11.06.2016
5190

JARda oqtanli ayol irqiy iboralari uchun jarimaga tortildi

JAR sudi oqtanli ayolga 150 ming rand (10ming AQSh dollariga yaqin) jarima solish to‘g‘risida qaror chiqardi. Uning oshkora aytgan irqiy kamsitishlari mamlakatning qora tanli aholisi orasida keskin noroziliklar hamda JARdagi barcha oqtanlilarni quvib chiqarishga oid chaqiriqlariga sabab bo‘lgan. 

Sobiq riyeltor Penni Sperrou Facebookdagi o‘z sahifasida, yangi yilda Durban plyajiga to‘planib, o‘zlaridan keyin uyum-uyum chiqindilar qoldirgan qoratanlilarni "yovvoyi maymunlar" deb atagan. 

"Bu so‘z mazmuni, qoratanlilarni inson o‘rnida ko‘rish mumkin emas, degan ma'noni anglatadi", - degan sudya Irfan Xalil. U, shuningdek, Sperrouga jarimani to‘lash uchun 60 kun muddat bergan. 

Sudda, ayolning manfaatlarini qizi himoya qilib, onasi xasta ekani va hayotidan xavfsirayotganini aytgan. Ushbu mojaro sabab, Sperrou muxolifatdagi Demokratik alyans safidan ham o‘chirilgan. 

Hukmron Afrika milliy kongressi sud qarorini ma'qullagan.

Top