13:42 / 12.06.2016
7626

Chegarani noqonuniy bosib o‘tmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari Qirg‘iziston chegarachilari tomonidan ushlandi

Qirg‘izistonning Botken viloyati, Qadamjoy tumanidagi Pildiriq maskanida Aydarken chegara bo‘linmsi chegarachilari chegarani noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan besh nafar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga oldi. Bu haqda QR chegara-patrul xizmatining jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo‘limi xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olinganlar, chegara punktini chetlab o‘tib, Qirg‘iziston hududiga kirmoqchi bo‘lishgan. Zarur hujjatlar to‘ldirilgach, qo‘lga olinganlar QR milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining hududiy bo‘limiga topshirilgan.

Top