20:09 / 12.06.2016
7395

OAV: Moskva viloyatidagi Su-27 samolyotining falokatiga uchuvchining insulti sabab bo‘ldi

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiya harbiy-havo kuchlarining Su-27 samolyoti Moskva viloyatining Pushkin tumanida falokatga uchrashiga uchuvchining parvoz vaqtida insultga uchrashi sabab bo‘ldi.

Bu haqda TASS axborot agentligining falokatni tergov qilish komissiyasidagi manba ma'lum qildi.

Avvalroq Rossiya Tergov qo‘mitasi Su-27 samolyotining falokatga uchrashi yuzasidan ish qo‘zg‘atgani ma'lum qilingandi.

"Rus vityazlari" pilotaj guruhining samolyoti 9 iyunda Rossiya aviatorlariga yodgorlik ochilishi marosimida parvozni bajarish vaqtida falokatga uchragandi. Samolyot uchuvchisi halok bo‘lgan.

Top