14:21 / 13.06.2016
3720

2016 yil yanvar-may oylarida Xitoy sanoat ishlab chiqarishi qariyb 6 foiz o‘sgan

Xitoy sanoat ishlab chiqarishi shu yil besh oyi mobaynida yillik hisobda 5,9 foizga o‘sgan, deb xabar qilmoqda XXR davlat statistika boshqarmasi hisobotida. 

Hujjatda qayd etilishicha, may oyida sanoat ishlab chiqarishi ko‘rsatkichi aprel oyidagi ushbu raqam bilan bir xil: 6 foiz bo‘lgan. 

Hisobotga ko‘ra, may oyida Xitoy sanoatining 41 ta yo‘nalishidan 34 tasida o‘sish qayd etilgan. Xususan, avtomobilsozlik (11,2 foiz) hamda kimyo va rangli metallurgiya sanoatlarida (11,1 foiz) eng yuqori ko‘rsatkichga erishilgan. 

Ta'kidlash joizki, so‘nggi yillarda Xitoy sanoatida rivojlanish sur'atlari pasayib bormoqda. 2011 yili sanoat o‘sishi 13,9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu raqam yil sayin pasayib, 2014 yilda 8,3 foizni tashkil etgan edi. 2015 yilda esa, bu boradagi ko‘rsatkich 6,1 foizdan iborat bo‘lgandi.

Top