15:51 / 13.06.2016
49754

Bir hafta oldin Toshkentda ish boshlagan «Sumbula» restorani ko‘pchilikning maqtoviga sazovor bo‘lmoqda

2016 yilning 5 iyun kuni Toshkent shahrida «Sumbula» — milliy taomlar restorani ish boshladi. Oradan bir hafta o‘tar o‘tmas, restoran mehmonlari ijtimoiy tarmoqlarda «Sumbula» haqida iliq fikrlar bildirishni boshlashdi.

Chunki restoran dizayni uchun kayfiyatni ko‘taradigan yorqin ranglar tanlangan bo‘lib, xonalar, devor-u shift, stol-stul va mayda buyumlargacha milliylik ruhida bezatilgan.

Restoranning keng va shinam zali ustida musaffo osmon tasvirlangan. Atrofni yashil gullar o‘rab olgan. Bino salqinligi esa dillarga xush yoqadi.

Ushbu restoranni oilaviy maskan qilishga alohida urg‘u berilgan. U yerda 4 kishidan 18 kishigacha xizmat ko‘rsatiladigan alohida xonalar mavjud.

Shuningdek, ikki kishilik stollar ham o‘rnatilgan va juftliklarning romantik suhbati uchun «Sumbula»ni yaxshi joy deyish mumkin. 

Restoranda barcha milliy taomlarimiz maromiga yetkazib tayyorlanmoqda. Xushmuomala va ozoda xodimlar mijozlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

E'tiborli jihati shundaki, «Sumbula»da narxlar milliy taomlar kafelarinikidek bo‘lsa ham, restoran darajasidagi xizmat ko‘rsatiladi.

Restoran jami 200 o‘rinli bo‘lib, uning maxsus taomi «Sumbula assortisi» hisoblanadi. Borganingizda, albatta tatib ko‘ring.

«Sumbula» restoranining manzili: Toshkent shahri, Iftihor ko‘chasi, 15-uy
Mo‘ljal: «Fleshka» (eski Malika) savdo majmuasi

Telefon: +998 (95) 146-99-39

«Sumbula» restorani har kun, 10:00 dan 23:00 gacha ishlamoqda.

Ularni Facebook'da ham kuzatishingiz mumkin. Tez kunlarda esa sumbula.uz sayti o‘z faoliyatini boshlaydi.

Reklama huquqi asosida.

Top