09:20 / 13.06.2016
8944

Amerika Kubogi: Braziliya 1983 yildan beri ilk marta turnirning pley-off bosqichiga chiqa olmadi

AQShda davom etayotgan Kopa Amerika-2016 turnirida V guruhi vakillari so‘nggi tur uchrashuvlarini o‘tkazishdi hamda chorak finalga chiqqan yana ikki jamoaning nomi aniq bo‘ldi. 

Braziliya terma jamoasi Peruga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va sensatsion ravishda guruh bosqichidayoq musobaqani yakunladi.

O‘yin tugashiga 15 daqiqa qolganida Ruidias peruliklarga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

V guruhida Peru 7 ochko bilan 1-o‘rinni egalladi, Ekvador 5 ochko bilan ikkinchi o‘rinda.

Shu tariqa, pentakampeonlar 1983 yildan beri ilk marta pley-offga chiqa olmadi.

Braziliya – Peru 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 75 Ruidias. 
Braziliya – Alisson, Miranda, Filipe Luis, Dani Alves, Jil, Elias, Renato Augusto, Lukas Lima, Villian, Koutino, Gabriel (Xalk, 72).
Peru – Galese, Ramos, Trauko, Korso, Rodriges, Vilches, Balbin (Yotun, 46), Kueva (Tapiya, 90), Flores (Ruidias, 64), Gerrero, Polo.
Ogohlantirishlar: Lukas Lima (72), Renato Augusto (88), Yotun (90).

Manba:tribuna.uz

 

Top