10:51 / 13.06.2016
3653

Xitoy "Beydou" navigatsiya tizimi uchun navbatdagi yo‘ldoshini kosmosga chiqardi

Xitoy "Beydou" milliy navigatsiya tizimi uchun 23-yo‘ldoshining parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bu haqida "Sinxua" agentligi ma'lum qildi. 

Yo‘ldosh Sichan kosmodromidan (Xitoyning janubi-g‘arbidagi Sichuan provinsiyasi) "Chanchjen-3-si" (Long March-3C) raketa tashuvchi yordamida fazoga uchirildi. Agentlikning ta'kidlashicha, sun'iy yo‘ldosh qurilmasi orbitaga chiqib, kerakli sinovlardan o‘tgandan keyin ekspluatatsiya qilinadi va mazkur tizimdagi yo‘ldoshlar guruhiga kiradi. 

"Beydou" - navigatsiyaning mintaqaviy sun'iy yo‘ldosh tizimi, Xitoy 2000 yilda uni yaratishni boshlagan. Bugungi kunga kelib u 23ta sun'iy yo‘ldoshni o‘z ichiga olgan bo‘lib, XXR, qo‘shni mamlakatlar va Osiyo-Tinch okeani mintaqasining boshqa hududlaridagi geografik koordinatalarni aniqlab beradi. 2012 yildan boshlab tizimdan tijorat maqsadlaridan foydalanish mumkin. 

Xitoy 2020 yilga borib "Beydou" sun'iy yo‘ldosh guruhini 35ta qurilmagacha kengaytirmoqchi va uni global navigatsiya tizimiga aylantirmoqchi.

 

Top