18:56 / 13.06.2016
4533

NATO IShIDga qarshi kurashda Iroqqa yordamni kengaytirishi mumkin

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning bayonot berishicha, harbiy alyans IShID guruhiga qarshi kurashayotgan rasmiy Bag‘dodga qo‘shimcha yordam berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar qilgan RIA «Novosti» agentligi.

«Biz Iroqqa hisoblash jamoasini yuborgan edik, ular bir necha kun avval qaytishdi. Endilikda, ularning hisobotini kutyapmiz. Shundan so‘ng, Iroq hukumati bilan NATO IShIDga qarshi kurashishni kuchaytirish va mamlakatni barqarorlashtirish uchun Iroqqa qanday yordam berishi mumkinligini muhokama etamiz. Men Iroq hukumati bosh vaziri al-Abadiy bilan uchrashdim, u ko‘proq yordam berishni so‘radi», — degan Stoltenberg.

Top