16:17 / 13.06.2016
20162

Suv osti dunyosi: Suratkash dengiz mavjudotlarining xilma-xilligini ko‘rsatib berdi

Maltalik suratkash Jyennot Kyunzel bir qator makro-suratlarda suv osti dunyosining naqadar go‘zalligini ko‘rsatib berdi.

Suratkashning so‘zlariga ko‘ra, u suv osti dunyosini yigirma yildan ortiq o‘rganib kelmoqda. Shu vaqt ichida Kyunzel dengiz jonzotlarining minglab fotosuratlarini yaratdi, lekin uning eng yoqtirgan ishi - qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan suv osti mavjudotlari. Bu haqida Earth Touch ma'lum qildi. 

"Har safar suv ostiga sho‘ng‘iganimda o‘zim uchun qandaydir yangilik kashf qilaman, shu bois men navbatdagi ishimdan nimani kutishni bilmayman", - deydi suratkash.

Kuchli qiziqish tufayli Kyunzel o‘z vaqtini muntazam ravishda dengizda suzib, suv ostidagi hayotni suratga olish bilan o‘tkazadi.

 

 

 

Top