14:46 / 13.06.2016
26205

Toshkentning Sag‘bon va Nurafshon ko‘chalari chorrahasida avtohalokat sodir bo‘ldi

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi Voditeli Tashkenta ijtimoiy guruhi tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Toshkent shahrining Sag‘bon va Nurafshon ko‘yachalari chorrahasida yuk mashinasi konteyner bilan ag‘darilib ketgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, haydovchi burilish chog‘ida qayrilish burchagini to‘g‘ri tanlay olmagani bois, shunday hodisa yuz bergan. 

Oqibatda, Maz avtomashinasida olib ketilayotgan konteyner chorrahaning qarshi tomonida chapga burilishga shay turgan ikki mashina Spark va Kobalt mashinalariga ham jiddiy zarar yetkazgan. 

Guruh tarqatgan xabarda jabrlanganlar to‘g‘risida xabar qilinmayapti.

 

Top