17:12 / 13.06.2016
24252

O‘zbekiston Qamchiq dovonidan o‘tuvchi yo‘lni ta'mirlagan ispan kompaniyasini sudga berdi

O‘zbekistonning Qamchiq dovonidan o‘tadigan "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lini sifatsiz ta'mirlagani uchun Ispaniyaning «Korsan Korviam Konstrakshn SA» kompaniyasini sudga berdi. Ma'lum bo‘lishicha, "Toshkent-O‘sh" yo‘liga sement-beton qoplama sifatsiz ravishda yotqizilgan. Bu esa ishning sifatsiz yakunlanishiga sabab bo‘lgan.

Buning qay darajada haqiqatga yaqin ekanligini bilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi  direktori o‘rinbosari Murodjon Allaberganovga qo‘ng‘iroq qilganimizda, u haqiqatan ham O‘zbekiston Qamchiq dovonidan o‘tadigan "Toshkent-O‘sh" yo‘lining ko‘p qismlari sifatsiz ta'mirlangani, buning uchun O‘zbekiston  Ispaniyaning «Korsan Korviam Konstrakshn SA» kompaniyasini sudga berganini, ayni damda sudgacha bo‘lgan arbitraj ishlari boshlanganligini tasdiqladi.

Hozircha sud ishining qayerda ko‘rib chiqilishi noma'lum. Ammo O‘zbekiston Yevropadagi eng yirik advokatlar firmasini ishga solishni rejalashtirgan.

Top