01:33 / 14.06.2016
6786

Apple Mac kompyuterlari uchun mo‘ljallangan operatsion tizimning yangi versiyasi nomini e'lon qildi

Apple kompaniyasi Xalqaro dasturchilar konferensiyasi (WWDC 2016) doirasida Mac kompyuterlari uchun mo‘ljallangan operatsion tizimning yangi versiyasi Sierra deb nomlanishini ma'lum qildi.

Shuningdek, Apple kompyuterlari uchun mo‘ljallangan operatsion tizim ham avvalgidan biroz boshqacha — macOS deb atalashi ta'kidlab o‘tildi.

Mac operatsion tizimining yangi versiyasida bir qancha yangiliklar mavjud. Masalan:

— Agar har doim yoningizda Mac bilan bir xil akkauntga ega iPhone bor bo‘lsa, kompyuterga parol qo‘yish zarur bo‘lmaydi;
— Eski fayllar avtomatik ravishda iCloud Storage — xotira tizimiga o‘tkaziladi va saqlanadi;
— Kompyuter ish stolidagi foydalanmaydigan fayllar iPhone bilan sinxronlashadi.

Top