14:31 / 14.06.2016
16441

Beshta davlat ShHT muzokaralarida hamkor sifatida ishtirok etish uchun rasmiy ariza bilan chiqdi

Yana beshta mamlakat Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT)ga muzokaralarda ishtirok etish uchun rasmiy ariza topshirdi. Bu haqda 13 iyun kuni tashkilot rahbari Rashid Alimov jurnalistlarga bergan intervyusi chog‘ida ma'lum qilgan.

“Tashkilot muzokaralarida ishtirok etish uchun yana beshta davlat rasmiy ariza bilan chiqdi. Hozircha shuni aytishim mumkinki, bir ariza Sharqiy Yevropadan, uchta ariza Yaqin Sharqdan va yana biri Janubiy-Sharqiy Osiyodan”, - deb ta'kidladi u. “Men hozir aniq davlatlar nomini keltira olmayman. Berilgan arizalar ko‘rib chiqish jarayonida. Sizlarga hududlarni ma'lum qildim, shuning o‘zi yetarli”.

Uning aytishicha, ShHTni kengaytirish masalasi ASeAN sammitida Rossiya tomonidan ilgari surilgan. 

Ma'lumot uchun: ShHTning navbatdagi Sammiti 23-24 iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

Top