00:33 / 14.06.2016
3949

Bosniyalik futbolchi Miralim Pyanich "Yuventus" o‘yinchisi bo‘ldi

Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi yarimhimoyachisi Miralim Pyanich Italiyaning "Yuventus" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.

26 yoshli futbolchi bilan shartnoma 5 yilga mo‘ljallangan. "Yuventus" Pyanich uchun "Roma"ga 32 mln yevro to‘ladi. 

Pyanich "Roma"ga Fransiyaning "Lion" klubidan 2011 yilda o‘tgan. Bosniyalik o‘tgan mavsumda Italiya chempionatida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta gol va 12 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Top