11:30 / 14.06.2016
3295

Buffon 3ta Yevropa chempionatida jamoani sardor sifatida maydonga olib tushgan ilk futbolchi bo‘ldi

Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluijji Buffon bugun Yevropa chempionatining guruh bosqichi doirasida Belgiyaga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bu haqda Tribuna.uz xabar bergan.

Jamoani sardor sifatida boshlab tushgan Buffon bu orqali qatorasiga 3ta Yevropa chempionatida terma jamoaga sardorlik qilgan ilk futbolchiga aylandi.

Bugun u terma jamoa bilan 167-o‘yinini o‘tkazdi. Shuningdek, 38 yoshli bu safargi chempionat darvozabon uchun xalqaro miqyosdagi 11-turnirga aylandi.

Top