22:09 / 14.06.2016
5575

Lineker: “Rossiyalik muxlislarning bunday hayvoniy harakatlariga shartli diskvalifikatsiyaning o‘zi yetarli”

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi, ayni damda televideniyeda faoliyat olib boruvchi Gari Lineker UYeFA rossiyalik muxlislar Angliya bilan kechgan o‘yindan so‘ng (1:1) o‘zini yomon tutganligi uchun jamoani shartli ravishda diskvalifikatsiya qilgani haqida o‘zining keskin fikrlarini aytib o‘tdi.
“Shartli ravishda kiritilgan diskvalifikatsiya ularning hayvoniy harakatlarini to‘xtatadi, deb umid qilib qolamiz”, - deb yozdi u o‘zining tvitterida.

Top