13:33 / 14.06.2016
5721

Samarqandda “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarka”si o‘tkazildi

Samarqand tumani Bandlikka ko‘maklashish markazida joriy yilning 7-iyun kuni tuman hududida joylashgan “SAM ROS XOLOD” qo‘shma korxonasi “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarka”si o‘tkazdi.   

O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida tumandagi 15ga yaqin korxona, 35 ga yaqin ishlab chiqaruvchi va muassasalar o‘zlaridagi 387 dan ziyod vakansiya hamda kvotalangan ish o‘rinlari bilan qatnashdilar. 

Yarmarkaning alohida ahamiyatli tomoni shundaki, maxsus pavilonlarda ish qiluvchilar ish beruvchilarga o‘z mahoratlarini ko‘rsatib berish imkoniga ega bo‘ldilar. 

Yarmarkada 200 nafardan ziyod kollej bitiruvchilari hamda tashqi mehnat migrantlari qatnashib, ulardan salkam 150 nafariga huquqiy maslahatlar, 90 nafariga vakansiya va kvotalangan bo‘sh ish o‘rinaridan o‘zlariga ma'qul kelgan ish o‘rinlariga yo‘llanmalar berildi. 

Top