10:56 / 14.06.2016
3955

Shanxay aeroportida portlash sodir etgan jinoyatchi qimorboz bo‘lib chiqdi

5 kishining jabrlanishiga sabab bo‘lgan Shanxay xalqaro aeroporti “Pudun”da portlash sodir etgan kishi, yirik qarz bo‘lib qolgan qimorboz bo‘lib chiqdi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

29 yoshli Chjou Sinbay portlashdan bir kun avval, o‘zining Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi mikroblogida «shunday kutilmagan ishga hozirlik ko‘rayotgani, unda balki o‘lishi ham mumkin»ligi haqida yozgan, deb bayonot bergan Xitoy politsiyasi.

Huquq posbonlari uning uyini tintuv qilishganida feyyerverklar topilgan. Jinoyatchi ulardan qo‘lbola portlovchi qurilma yasagan. 

Ma'lumki, 12 iyun kuni Shanxayning “Pudun” aeroportida portlash sodir etilgandi. Sinbay portlovchi moddalar solingan vino shishasini irg‘itgach, o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgan.

Top