17:30 / 14.06.2016
8322

Tojikistonda isyonkor generalning ikki tarafdori umrbod ozodlikdan mahrum etildi

Tojikiston Oliy sudi 2015 yilning sentabr oyida qurolli qo‘zg‘olon ko‘targan general Abduxalim Nazarovning (Nazarzoda) uch tarafdoriga nisbatan hukm chiqardi. Bu haqda 14 iyun kuni “Aziya-plyus” axborot agentligi xabar bermoqda.

Nashr bergan ma'lumotlarga ko‘ra, sul Sadriddin Ne'matov va Siroj Odinayevga umrbod qamoq jazosi tayinlagan. Generalning yana bir izdoshi Amrullo Nurov 23 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Ulardan tashqari yana to‘qqiz kishi sud qilingan, ammo ularning ism-shariflari keltirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 4 sentabr kuni Tojikiston bosh prokuraturasi isyonchi general Abduhalim Nazarzodani davlatga xiyonat qilganlikda va terrorchilikda ayblagandi.
Ma'lumot uchun, isyonchilarga qarshi harbiy amaliyotlar chog‘ida 25 nafar isyonchi o‘ldirilgan va 139 nafari qo‘lga olingan. Ularning 28 nafari oddiy kishilar yordamida tutilgan.

Shuningdek, antiterror amaliyotlar vaqtida huquq tartibot organlarining 14 nafar xodimi halok bo‘lgan.

Top