13:53 / 15.06.2016
4273

Amerika kubogi 2016: Chili Panamani yengib, pley-off bosqichiga yo‘l oldi

Amerika kubogi pley-off bosqichiga so‘nggi yo‘llanma Chili terma jamoasiga nasib qildi. Ular Panamani 4:2 hisobida mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lishdi.

O‘yinning 5-daqiqasida Panama futbolchisi Migel Kamargo hisobni ochdi. So‘ngra chililik Eduvardo Vargas 15- va 43-daqiqalarda gol urib, Chilini oldinga olib chiqdi. 50-daqiqada Aleksis Sanches oradagi farqni oshirdi. 75-daqiqada Panama hujumchisi Abdel Arroyo hisobni qisqartirdi. Biroq uchrashuv yakunlanishiga bir daqiqa qolganda yana Aleksis Sanches oradagi farqni 2ta yetkazdi.

Amerika kubogi

Chili – Panama – 4:2

Gollar: Kamargo, 5 (0:1); Vargas, 15 (1:1); Vargas, 43 (2:1); Sanches, 50 (3:1); Arroyo, 75 (3:2); Sanches, 89 (4:2).

Ogohlantirishlar: Isla, 90+2 – Kamargo, 52; Kammings, 72; Enrikes, 78.

Top