16:37 / 15.06.2016
3543

Anons: A guruhida Ruminiya va Shveytsariya uchrashuvi

Bugun Parijdagi "Park de Prens" o‘yingohida A guruhi vakillari Ruminiya va Shveytsariya o‘zaro uchrashadi. Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadigan o‘yin hakami rossiyalik Sergey Karasev.

Bu ikki jamoa birinchi turda turli natijalar qayd etdi. Ruminiya turnir mezbonlari bo‘lmish Fransiyaga qarshi ochilish uchrashuvida maydonga tushdi va durangni saqlab qola olmadi - oxirgi daqiqalarda Payyening zarbasi o‘tkazib yuborildi. Shveytsariya esa Albaniyani xotirjamlik bilan yengib, keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyat hosil qildi.

Qayd etish kerakki, bugun Vladimir Petkovich boshchiligidagi shveysarlar bugun ham g‘alabaga erishsa, guruhdan chiqish masalasi hal qilinadi. Lekin mavjud bosimga qaramasdan Yordanesku jamoasi bugungi o‘yinda jiddiy qarshilik ko‘rsatishi kutiladi.

Yordanesku birinchi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan keyin jamoa o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotmaganini ta'kidlagan, Petkovich esa ikkinchi uchrashuvga ham g‘olibona tarkibni tushirishini aytgan. 

Tarix
Bu ikki terma jamoa o‘rtasida shu vaqtgacha 12 uchrashuv bo‘lib o‘tgan va ulardan 2tasi o‘rtoqlik maqomida kechgan. Bu o‘rtoqlik uchrashuvlarning birinchisi 1990 yili o‘tkazilgan. Ikkinchisi esa Shveytsariyaning Lyutsern shahrida 4 yil muqaddam. Bu uchrashuvlarning ikkisi ham ruminlarning 1:0 hisoblaridagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Qolgan 10ta uchrashuvdan 9tasi JCh va Yevropa chempionatlari uchun saralash bosqichlari doirasida, faqat birginasi JCh guruh bosqichida ro‘y bergan: 1994 yilgi JCh guruh bosqichida Shveytsariya Ruminiyani 4:1 hisobida yenggan, lekin o‘shanda guruhdan ruminlar birinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqqan.

Bugun
Ruminlar markaziy yarimhimoyasida Xoban – Pintiliy ishtirok etadi, ularga Stanku yordam beradi. Qanotlarda Torjye va Kipchu harakatlanadi.
Shveytsariya - Yevropadagi o‘rtamiyona jamoalar orasida eng kuchlisi. Ularning himoya chizig‘i yulduzli - Shtefan Lixtshtayner va Rikardo Rodriges. Yarim himoya ham - Granit Chaka va Jyerdan Shaqiri.

Taxminiy tarkiblar:

Top