16:11 / 15.06.2016
3422

Germaniya MH17 aviahalokatiga oid surishtiruv ma'lumotlari o‘g‘irlanganini gumon qilmoqda

Germaniya konstitutsiyasini himoya qilish federal xizmati (BfV -Germaniya maxsus xizmati)ning bayonot berishicha, Rossiya maxsus xizmatlari Niderlandiya xavfsizlik kengashi kompyuterlariga hujum qilishgan. Bu xuruj 2015 yil kuzida, Malaysia Airlines aviakompaniyasining MH17 reysini amalga oshirayotgan Boeing samolyoti halokatiga doir hisoboti e'lon qilinishidan avval amalga oshirilgan, deb xabar qilinmoqda BfV hisobotida.

Hujjatda yozilishicha, ko‘p yillardan beri shu kabi G‘arb tashkilotlariga nisbatan amalga oshirilayotgan davomli xurujlar ortida Rossiya maxsus xizmatlari turadi. 

Hisobotga ko‘ra, xakerlik hujumlari davlat tomonidan nazorat qilinishi mumkin. Shu bois u yaxshigina moliyalashtiriladi hamda avval noma'lum bo‘lgan zaifliklar sabab yuqori sifatga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, bu kabi xakerlik hujumlar aniq bir maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya prokuraturasi kuz oyida Ukraina sharqida halokatga uchragan Malayziya yo‘lovchi samolyoti qanday qurol bilan urib tushirilganiga oid batafsil hisobotni e'lon qiladi.

Top