13:33 / 15.06.2016
6860

Ichkilik ta'sirida sherga aylangan yigit bir inson umriga zomin bo‘ldi

Laziz (ism-shariflar o‘zgartirligan) boshini kaftlari orasiga olgancha, ich-etini yeb o‘tiribdi. Jinoiy javobgarlikka tortilishini o‘ylarkan, qilmishidan pushaymon bo‘lar, biroq juda kech bo‘lganini anglab, chuqur xo‘rsinardi. Qalbiga og‘riq berayotgan bo‘lsa-da, bo‘lib o‘tayotgan voqealarin ko‘z o‘nigadan ketkaza olmasdi... 

Bu haqda “Postda” nashri xabar bermoqda.

Laziz shaxsiy ishlari bilan ertalab uydan chiqdi. Turli ishlarga andarmon bo‘lib, vaqt o‘tganini ham bilmay qoldi. Oshxona yonidan o‘tayotganida qorni ochgani sezildi. U yerga kirib, kabob buyurtma qilgach, biroz spirtli ichimlik ichgisi keldi. Ancha vaqtdan keyin oshxonadan sarxush bo‘lib chiqqan Laziz kechga yaqin pochchasiga tegishli bo‘lgan g‘isht zavodiga qarab yo‘l oldi. U yerdagi ishchilar, qorovullarning ko‘pchiligi tanish, birga ulfatchilik qilsa bo‘ladi.

Qorovullar bilan ulfatchilik yarim tungacha davom etdi. Laziz cho‘ntagidan bir quti sigaret olib, stol ustiga qo‘ydi. Unga qarama-qarshi tomonda o‘tirgan Ikrom esa qutidan ikki dona sigaret oldi. 

- Nega so‘ramasdan olyapsan?! - dedi Laziz jahl bilan. 

- O‘zing stol ustiga qo‘yding-ku, shuni ham so‘rashim kerakmi?

- Mening narsamni so‘ramay olishing kerak emas. 

Uning baqirib gapirishi Ikromning nafsoniyatiga tega boshladi. U sharta o‘rnidan turdi-da, qutidagi sigaretlarni majaqlab otib yubordi. Natijada ikki o‘rtada mushtlashuv boshlandi. Ularni ajratib qo‘yishga uringan yigitlarning biri Ikromni, boshqasi Lazizni ushlab ikki tomonga tortar edi. O‘zini ushlab turgan yigitning qo‘lidan siltanib chiqqan Laziz stol ustida turgan pichoqni olib, Ikromga tashlandi. Chap biqinida turgan og‘riqdan Ikrom yerga o‘tirib qoldi. Boshqalar Lazizni tinchlantirishdi. Avvaliga Ikromning holatiga hech kim e'tibor bermadi. Hatto uning o‘zi ham davraga kelib qo‘shildi. So‘ng muloyimlik bilan dedi: “Bizga yarashmaydi Laziz. Kap-katta odamlar arzimagan narsani deb yoqalashib yursak, uyat-ku axir.

Ikrom indamay yerga qarab o‘tirgan Lazizga bir muddat tikilib turdi-da, o‘rnidan turib tashqariga chiqib ketdi. Yana davraga jimlik cho‘kdi.
 - Men choyni yangilab kelaman, - dedi past ovozda Kozimjon va choynakni ko‘tarib u ham tashqariga chiqdi.

Birozan so‘ng tashqaridan vahima bilan baqirgani eshitildi.

- Tez buyoqqa kelinglar! Ikrom yiqilib qolibdi.

Hamma tashqariga otildi. Hovliga chiqish joyida yotgan Ikromning biqinidan qon oqardi.
Ikromni zudlik bilan shifoxonaga olib borishdi. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay ertasi kuni u hayotdan ko‘z yumdi...

Top