19:42 / 15.06.2016
9071

Qarshi shahrida “Kamolot” YoIH hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

15 iyun kuni Qarshi shahridagi viloyat “Yoshlar markazi”da yoshlar ijtimoiy harakati Qarshi shahar Kengashining navbatdagi VII hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Har ikki yarim yilda o‘tkaziladigan mazkur konferensiyada Qashqadaryo viloyatidagi barcha mahalliy Kengash xodimlari ishtirok etdi.

Konferentsiyaning dastlabki qismida delegatlar hay'at, kotibiyat hamda sanoq komissiyasi a'zolarini saylab olishdi hamda konferensiya kun tartibi va reglamentini tasdiqlashdi. Shundan so‘ng harakatning Qarshi shahar kengashi konferensiyasi kun tartibidan o‘rin olgan masala yuzasidan shahar kengashi va nazorat-taftish komissiyasining ikki yarim yillik faoliyati yuzasidan hisoboti tinglandi. Hisobotdan so‘ng Qashqadaryo viloyat kengashi raisi F. Normatov hamda delegatlar shahar kengashining ikki yarim yillik faoliyati yuzasidan o‘z munosabatlarini bildirishdi. Delegatlar bir ovozdan shahar kengashining ikki yarim yillik faoliyatini qoniqarli deb baholashdi.

"Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qarshi shahar kengashining VII hisobot-saylov konferensiyasiga yig‘ilgan 130 nafar delegat ishtirokida "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Qarshi shahar kengashi raisi lavozimiga Behruz Murodov qaytadan saylandi.

Top