14:02 / 15.06.2016
6377

O‘zbekistonda 2 viloyatning Statistika boshqarmasi rahbarlari qayta tayinlandi

O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Namangan va Navoiy viloyatlarining statistika boshqarmasi rahbarlari tayinlandi. 

Davlat statistika qo‘mitasining 2016 yil 9 iyundagi Buyrug‘iga binoan:

Melixo‘jayev Sanjarbek Obidxonovich - Namangan viloyati Statistika boshqarmasi rahbari etib tayinlandi;

Nazarov Muzaffar Berdiboyevich - Navoiy viloyati Statistika boshqarmasi rahbari etib tayinlandi.

Melixo‘jayev Sanjarbek Obidxonovich bundan avval Namangan viloyati Statistika boshqarmasi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Nazarov Muzaffar Berdiboyevich esa Navoiy viloyati hokimligi hududlarini kompleks rivojlantirish boshqarmasining qishloq xo‘jaligi bo‘limi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan.

Top