21:25 / 16.06.2016
19629

AQShda geroinni tanasi ichiga antiqa usulda yashirgan ayol hibsga olindi

AQShning Pensilvaniya shtati politsiyasi giyohvand moddalarni noqonuniy aylantirishda gumonlanayotgan 26 yoshli Tabitu Bidgudni hibsga oldi, deb xabar bermoqda newsru.com. 

Qonun himoyachilari yosh ayolning jinsiy a'zosidan 24 ta paketchaga solingan geroin olishgan.

Tabita Bidgud politsiyachilar tomonidan Muzik shahri moteli avtoturargohida to‘xtatilgan, deb xabar bermoqda PennLive.com. Narkotik tashish bilan shug‘ullangan ayoldan musodara qilingan giyohvand modda qiymati 50 ming dollarga yetgan.

Ayol bilan birga uning hamrohi – 33 yoshli Klerens Anderson ham hibsga olingan. Tergovchilarning fikricha, u qizni qo‘riqlab borgan.

"Tinib-tinchimas" ayollar jinsiy a'zolariga nafaqat giyohvand modda, balki ba'zida qurol ham yashirgan holatlar uchragan.

Top