09:55 / 16.06.2016
5727

Braziliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi nomi ma'lum bo‘ldi

Braziliyaning “Korintians” jamoasi bosh murabbiyi Tite (to‘liq ismi Adenor Leonardo Bakshi) mamlakat terma jamoasiga murabbiylik qiladigan bo‘ldi.

Bu haqda klub prezidenti Roberto De Andrade xabar bergan. Terma jamoaga Tite bilan birga uning yordamchilari ham yo‘l oladi.

55 yoshli mutaxassis “Korintians” klubini 2010-2013 va 2015-2016 yillarda boshqargan.

Klub uning qo‘l ostida ikki marta Braziliya chempioni bo‘lgan, Libertadores Kubogi sovrindoriga aylangan hamda Janubiy Amerika va Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan.

Bundan oldinroq, Amerika kubogidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan keyin terma jamoa bosh murabbiyi Dunga iste'foga chiqarilgani haqida xabar berilgandi.

Top