22:42 / 16.06.2016
15603

Britaniyaning YeIda qolishi tarafdori bo‘lgan deputat saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida o‘ldirildi

Buyuk Britaniyaning Leyboristlar partiyasi a'zosi Jo Koks Lids shahri yaqinida Bristollda saylovchilar bilan uchrashuv chog‘ida qurolli hujumga uchrab halok bo‘ldi. Bu haqda Uest-Yorkshir grafligi politsiya bo‘limi xabar bergan.

“U olingan turli jarohatlar natijasida hayotdan ko‘z yumgan”, - deb ma'lum qilgan graflik bosh konstebli Di Kollins.

Guvohlarning aytishicha, Koks kutubxonada saylovchilar bilan uchrashuvga ketish vaqtida hujumga uchragan, 52 yoshli Tommi Meyr ismli qotil unga bir necha bor pichoq sanchgan va so‘ngra to‘pponchadan o‘q uzgan. Qotil shu zahoti qo‘lga olingan, ayni paytda politsiya xodimlari uni so‘roq qilmoqda.

Deputat Suriyada bo‘layotgan fuqarolar urushi jabrdiydalarini himoyalashda faol bo‘lgan. O‘tgan yilning kuzida u Buyuk Britaniyaning Suriyadagi IShID terrorchilik tashkilotiga qarshi kurashuvchi G‘arb koalitsiyasiga qo‘shilishiga qarshilik qilgan.

U shuningdek, Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqida qolishi tarafdori edi. Qotil esa unga zid fikrda ekani va qotillikka shu sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

Ushbu voqeadan so‘ng Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi bo‘yicha ikkita rasmiy kampaniya vaqtinchalik to‘xtatildi. Bosh vazir Devid Kemeron Gibraltarga safarini bekor qildi.

Top