12:10 / 16.06.2016
5681

Xitoyda KXDRga harbiy materiallarni yashirincha sotgan guruh aniqlandi

Xitoy tergov organlari KXDR bilan chegaradosh hududdagi Dandun shahrida bir necha o‘n kishini qo‘lga oldi. Ular Shimoliy Koreyaga harbiy materiallarni kontrbanda yo‘li bilan o‘tkazganlikda ayblanmoqda, deb xabar qilyapti Kiodo agentligi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olinganlar KXDR harbiy sanoat majmuasini boshqaruvchi Ikkinchi iqtisodiy qo‘mita bilan faol hamkorlik qilishgan. 

Tergovchilarning fikricha, gumondorlar KXDRga qurol-yarog‘lar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan elektron qismlar, qimmatbaho metallar hamda boshqa materiallarni yashirincha yetkazib berishgan. 

Ta'kidlanishicha, ushbu qo‘lga olishlar, BMT XK tomonidan KXDRga joriy etilgan sanksiyalarning amaldagi ijrosidir. 

Rasmiy Pxenyan yadro sinovlari o‘tkazib, yangi ballistik raketalarini uchirgach, xalqaro hamjamiyat unga nisbatan jazo choralarini kuchaytirgan edi.

Top