09:27 / 16.06.2016
11442

«Uoll-strit bo‘risi» filmida Di Kaprio personajining prototiplaridan biri jonsiz holda topildi

2013 yilda katta ekranlarga chiqqan va bosh rolni Hollivud yulduzi Leonardo di Kaprio gavdalantirgan “Uoll-strit bo‘risi” (The Wolf of Wall Street, 2013) filmi qahramoni prototipi, birja oldi-sotdilari bilan shug‘ullangan Dan Jaketto 53 yoshida Nyu-Yorkda olamdan o‘tdi. Bir necha bor qamoqda o‘tirib chiqqan sobiq makler shaxsiy uyidagi to‘shakda jonsiz holatda topilgan. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotga ko‘ra, Jaketto o‘tgan yakshanbada bir qancha tunggi ziyofatlarda ishtirok etgan. Guvohlarning aytishiga qaraganda, u o‘z qo‘riqchilari bilan Nyu-Yorkdagi tunggi klublardan biriga tashrif buyurgandi.

Makler 90-yillarda AQShda juda mashhur shaxslardan biri edi. U Di Kaprio va boshqa mashhurlarga, jumladan, Ben Afflek, Mett Deymon va Naomi Kempbelga moliyaviy ko‘mak bergan. 2001 yilda firibgarligi uchun 4 yil-u 9 oy muddatga qamoqqa hukm qilingan. 2014 yilda uni begona kredit kartadan foydalanganlikda ayblangan edi.

Top