11:36 / 16.06.2016
5298

Rossiya mudofaa vazirligi Halabda ikki kunga o‘t ochishni to‘xtatdi

RF mudofaa vazirligining e'lon qilishicha, uning sa'i-harakatlari yordamida Suriyaning Halab shahrida 48 soatlik "sukunat tartibi" joriy qilingan. 
Tartib 2016 yil 16 iyun soat 00:01dan kuchga kirdi, deyiladi vazirlik saytida. 

Hujjat jangovar harakatlarni to‘liq to‘xtatish va har qanday quroldan foydalanmaslikni belgilaydi.

 Ushbu bayonot, AQSh bosh kotibi Jon Kerrining Suriya armiyasini ayblaganidan so‘ng, bir necha soat o‘tgach, e'lon qilingan. Kerri Suriya armiyasini mamlakatdagi harbiy harakatlar sur'ati birmuncha pasayganiga qaramay, Halabga yurishni davom ettirayotganlikda ayblagan edi.

Top