14:23 / 16.06.2016
4977

Shanxayda Xitoyning materik qismidagi ilk Disneylend ochildi

16 iyun kuni Shanxayda Xitoyning materik hududidagi birinchi Disneylend ochildi. 

Rasmiy ochilish marosimi mahalliy vaqt bilan soat 12:00da boshlandi. 28 martdan boshlab sotuvga qo‘yilgan ochilish marosimi chiptalari 20 daqiqada sotilgan. Shuningdek, ochilishdan keyingi ilk ikki haftaning chiptalari ham sotib bo‘lingan.

Xitoydagi OAVning xabarlariga ko‘ra, 23 kunlik sinov rejimi davrida xiyobonga 960 ming kishi tashrif buyurgan. Xiyobonga har kuni tashrif buyuradiganlar soni 15 milliongacha yetishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. 

Bu Xitoyning materik qismida ochilgan birinchi Disneylend xiyoboni. XXR tarkibidagi Hongkong maxsus ma'muriy hududida ham bitta Disneylend bor.

Yangi xiyobon Walt Disney kompaniyasi uchun oltinchisi hisoblanadi: Walt Disney xiyobonlari Hongkongdan tashqari AQSh (Kaliforniya va Florida), Fransiya (Parij) va Yaponiya (Tokio)da xizmat ko‘rsatadi. 

Shanxay Disneylendi "Karib dengizi qaroqchilari" filmi ruhida yaratilganligi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Bundan tashqari, ziyoratchilarga "Yulduzlar jangi", Marvel komikslari motivida bunyod etilgan attraksionlar ham taklif qilinadi.

Top