23:08 / 16.06.2016
5842

Vetnamda yo‘qolgan qiruvchi samolyotni qidirayotganda boshqa bir samolyot yo‘qolib qoldi 

Vetnam harbiy-havo kuchlarining Su-30MK2 qiruvchi samolyotini qidirayotganda sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmatining CASA-212 harbiy-transport samolyoti radarlardan yo‘qolib qoldi, deb xabar bermoqda Xayfon shahar sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati shtabi boshlig‘i Dao Kuang Txik. Bu haqda Datviet nashri xabar bermoqda

"Bir necha soatdan beri CASA-212 aloqaga chiqmayapti", deb ma'lum qildi Txik.

Yo‘qolib qolgan samolyot bortida 9 kishi bo‘lgan, ulardan 3 nafari ekipaj a'zosi, yana 6 kishi qiruvchi samolyot va uning ikkinchi uchuvchisini qidirayotgan otryad a'zolari bo‘lgan.

Avvalroq qiruvchi samolyot mashg‘ulot parvozi vaqtida radarlardan yo‘qolib qolgani ma'lum qilingandi.

Top