23:40 / 17.06.2016
5871

Yevro-2016. Chexiya qo‘shib berilgan daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

Yevropa chempionati guruh bosqichining yana bir o‘yini yakunlandi. E guruhidan o‘rin olgan Chexiya va Xorvatiya terma jamoalri o‘rtasidagi bahs dramatik tarzda kechdi va 2:2 hisobida yakunlandi. Chexlarga bir ochko keltirgan golni Tomash Netsid qo‘shimcha vaqtda kiritdi.

Chexiya – Xorvatiya 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 37 Perishich, 0:2 – 59 Rakitich, 1:2 – 75 Shkoda, 2:2 – 90, penalti Netsid.
Chexiya – Chex, Gubnik, Limberski, Kaderjabek, Sivok, Rositski, Darida, Kreychi, Plashil (Netsid, 86), Skalak (Shural, 67), Lafata (Shkoda, 67).
Xorvatiya –    Subashich, Chorluka, Strinich (Vrsalko, 90), Srna, Vida, Badel, Modrich (Kovachich, 62), Rakitich (Shildenfeld, 90), Brozovich, Perishich, Mandjukich.
Ogohlantirishlar: Badel (14), Sivok (72), Brozovich (74), Vida (90).

Manba: tribuna.uz

Top