01:22 / 17.06.2016
8884

Mutaxassislar: Facebook va WhatsApp akkauntlarini telefon raqami bilan buzish mumkin

Positive Technologies kompaniyasining rossiyalik olimlari Facebook va WhatsApp  akkauntlarini akkauntga bog‘langan telefon raqamini bilgan holda buzish mumkinligini namoyish qildilar. Bu haqda kompaniya vakili ma'lum qildi. 

Olimlar Signalling System No.7 (SS7) tizimining bayonnomasidagi zaif joydan foydalanib, foydalanuvchilarning shaxsiy akkauntlariga kira olishgan. Tizim parolni tiklash uchun sms-xabarlarni akkaunt egasi o‘rniga olim telefon raqamiga yuboradi. Olingan kod yordamida Facebook akkauntiga shaxsiy parol o‘rnatish mumkin.

Bundan tashqari, olimlar ular tomonidan aniqlangan zaiflik parolni tiklash uchun xabar yuboradigan boshqa istalgan ijtimoiy tarmoqlar uchun ham o‘rinligini aytib o‘tdilar. Ular orasida "VKontakte", Telegram, Twitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlar bor. Shu sababli kompaniya foydalanuvchilarga mobil telefonni xizmatlarga ehtiyotkorlik bilan bog‘lashni tavsiya qilmoqda.

Top