08:08 / 17.06.2016
8767

Pan Gi Mun Rossiya xalqaro muammolarni hal qilishda muhim rol o‘ynashi haqidagi fikrida sobit qoladi

BMT bosh kotibi Pan Gi Munning vakili Stefan Dyujarrik bosh kotib Ukraina vakillarining noroziligiga qaramasdan, Rossiyaning xalqaro muammolarni hal qilishdagi muhim rolini inkor etishni rejalashtirmayotganini ma'lum qildi. Bu haqda BMT saytida ma'lum qilindi.

"Bosh kotib biror gap aytganda, ko‘pincha odamlar unga izoh beradi yoki tanqid qiladi. Men hammani nutqning to‘liq matnini o‘qib chiqishlariga chaqiraman, biroq bildirilgan tanqidni tahlil yoki tanqid qilmoqchi emasman", deb aytdi Dyujarrik.

Dyujarrik Rossiya BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a'zosi sifatida "boshqa jiddiy xalqaro muammolarga munosabat bildirish"da hal qiluvchi rolga egaligini aytdi va BMT bosh kotibi "aytganidan qaytmasligini" qo‘shimcha qildi.

Avvalroq Pan Gi Mun Yevropa noto‘g‘ri yo‘nalishda ketayotganini aytgandi, uning fikricha yangi devorlar qurish o‘rniga aloqalarni mustahkamlash lozim.

Top