00:36 / 18.06.2016
5861

AQShda inkassatorlik firmasining 20,5 ming dollarga yaqin pullarini shamol uchirib ketdi

Amerikaning Providens shahrida Brink's inkassatorlik firmasining mashinasidan tushib qolgan ikkita sumkadagi 20,5 ming dollarga yaqin pulni shamol uchirib ketdi. Bu haqida Providence Journal nashri xabar bermoqda.

Brink's vakilining ma'lumotiga ko‘ra, voqea kompaniya avtomobili mahalliy kasalxona hududida ketayotgan mahal sodir bo‘lgan. Mashinaning orqa eshigi tasodifan ochilib, pul to‘ldirilgan uchta sumka yo‘lda tushib qolgan. Ularning ikkitasi ustidan mashina bosib o‘tganligi uchun sumka yorilib ketgan va shamol sochilib yotgan pullarni uchirib yuborgan. 

Politsiyada inkassatorlar qayd etishicha, ular pullarni terib olishga harakat qilishgan, biroq shamol mablag‘ning katta qismini uchirib ketgan. 
Brink's vakili ta'kidlashicha, hozirda ichki xavfsizlik bo‘yicha kompaniya menejyeri inkassatorlarning mashinasi kutilmaganda qanday qilib ochilib qolganini aniqlamoqda va voqeada ishtirok etgan xodimlarni so‘roqqa tutmoqda.

Top