01:22 / 18.06.2016
5730

Britan kompaniyasi robot-menejyerni ishga oldi

Britan kompaniyasi menejyer lavozimiga robotni ishga oldi. Bu haqda robotni yaratgan Birmingem universiteti saytida ma'lum qilindi.

Betti ismli yangi xodim sinov muddati bilan ishga olindi, u 2 oy davomida stajyorlik qiladi. Betti ofisdagi, xodimlar stollaridagi tartib, xonadagi harorat va shovqin darajasini kuzatib boradi.

Robot ko‘zlar va ofisning xodimlari va mehmonlarini do‘stona kutib olish va kuzatish imkoniyati bilan ta'minlandi.

Bundan tashqari, Betti ish kuni tugagandan so‘ng ofisda qoladigan ishchilarni ham qayd qiladi.

Top