21:31 / 18.06.2016
12894

Hindistonlik qo‘rqinchli film ko‘rib o‘tirib, kinoteatrda jon berdi


Hindistonning Tiruvannamalay shahrida 65 yoshli erkak “Sehrlangan 2” (The Conjuring 2) filmini ko‘rish jarayonida jon berdi. Bu haqda 17 iyun kuni The Times of India xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, hind o‘z do‘sti bilan 16 iyun kuni tunda filmni tomosha qilish uchun kinoteatrga yo‘l oladi. Kartinaning eng yuqori lahzalarida u yuragi og‘riyotganini aytadi va biroz vaqt o‘tib, yoniga ag‘darilib tushadi. Uni shifoxonaga olib ketishdi va u o‘sha yerda olamdan o‘tdi.

Shundan so‘ng, tibbiy muassasa xodimlari marhumning sherigini chaqirib, uni shahar chetidagi shifoxonaga olib borishi lozimligini aytishadi. Ammo u marhumni olgancha, qayoqqadir g‘oyib bo‘ladi. Politsiya ikkala erkakning shaxsini aniqlashtirmoqda. Ular haqida faqatgina shu narsa ma'lumki, har ikkala erkak ham Andxra-Pradesh shtatidan bo‘lgan.

Top