10:54 / 18.06.2016
3901

Kemeron YeIga a'zolikka oid referendum natijasiga qaramay lavozimidan ketmaydi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron mamlakatning YeIga a'zoligi bo‘yicha o‘tkaziladigan referendum qanday natija bilan yakunlanishiga qaramay, o‘z vazifasida qolishini bildirdi. U zarur bo‘lgan taqdirda, rasmiy London va Bryussel o‘rtasidagi muzokaralarni olib borishga tayyor. Kemeron The Times gazetasiga bergan intervyusida shunday bayonot bergan.

"Shunchaki ishlashda davom etaman. Men Britaniya xalqining konservatorlar hukumatida ishlash va referendum o‘tkazish uchun bergan vakolatiga egaman", - deb qayd etgan Britaniya hukumati raisi. 

Buyuk Britaniyaning YeI tarkibida qolishiga oydinlik kirituvchi umumxalq referendumi 23 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. 
Aytish joizki, u Birlashgan qirollik tarixidagi uchinchi umummilliy ovoz berish jarayoni hisoblanadi. 1975 yili britaniyaliklar mamlakatning Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga a'zoligini ma'qullashgan edi. 2011 yilda esa, milliy saylov tizimiga o‘zgartirishlar kiritishni rad etishgandi.

Top