09:36 / 18.06.2016
7878

Kolumbiya Peruni yutib, Amerika Kubogi yarimfinaliga chiqdi

Amerika Kubogining chorakfinal uchrashuvida Peru Kolumbiya bilan uchrashdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmadi va musobaqa qoidasiga ko‘ra pley-off musobaqasida qo‘shimcha vaqt ko‘zda tutilmagani sababli, jamoalar penaltilar seriyasini bajarishga kirishishdi. Bu yerda kolimbiyaliklar 4:2 hisobida g‘olib bo‘lishdi.

Penaltilar seriyasining hal qiluvchi oni perulik himoyachi Migel Trauko hisob Kolumbiya foydasiga 3:2 bo‘layotganda darvozani poylay olmagani bo‘ldi.

Yarimfinalda kolumbiyaliklar Meksika-Chili uchrashuvi g‘olibi bilan uchrashadilar.

Amerika Kubogi
Peru – Kolumbiya – 0:0 (2:4)

Top