14:07 / 18.06.2016
4803

Qo‘poruvchiliklar ehtimoli sabab Belgiyaning asosiy vazirlarini qo‘riqlash kuchaytirildi

Belgiya hukumati, mamlakat bosh vaziri va boshqa asosiy vazirlarni qo‘riqlashni kuchaytirishga qaror qildi, deb xabar qilmoqda RTBF. Bunga mamlakatda terroristik xurujlar sodir etilishi ehtimoli kuchaygani asos bo‘lgan. 

Xususan, adliya, tashqi ishlar va ichki ishlar vazirlari hamda ularning oila a'zolarini qo‘riqlash kuchaytirilgan. 

Ichki ishlar vazirligi qoshidagi tahdidlarni tahlil qilish markazi tavsiyalaridan so‘ng, shunday qaror qabul qilingan. 

Avvalroq, Belgiyada 12 kishi teraktlarga hozirlik ko‘rayotganlikda gumon qilinib, ushlangani xaqida xabar qilgan edik.

Top