11:08 / 18.06.2016
4576

OAV: Xitoyda Mao Tszedunning tarjimoni avtohalokat natijasida halok bo‘ldi

Avvalroq XXRning Fransiyadagi elchisi, shuningdek, Mao Tszedunning tarjimoni bo‘lib ishlagan U Tszyanmin 18 iyul kuni avtohalokat natijasida halok bo‘ldi. Bu haqda Xitoy xalqaro radiosi (CRI) xabar bergan.

U Tszyanminning yoshi 77 da edi. Avtohalokat Xubey provinsiyasining Uxan shahrida sodir bo‘lgan. Voqea tafsilotlari haqida to‘xtalinmagan.

“Sinxua” agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, U Tszyanmin 1959 yilda XXR TIVga qabul qilingan. U XXRning BMT va Niderlandiyadagi elchisi sifatida ham faoliyat yuritgan.
Fransiyadagi elchiligi vaqtida Buyuk yetakchi ordeni bilan taqdirlangan.

Top