10:31 / 18.06.2016
18814

Pomidor Entertainment Kamilla va Ulug‘bek Xoliqov bilan shartnoma tugatilganligini ma'lum qildi

Pomidor Entertainment Kamilla va Ulug‘bek Xoliqovlar loyihasi tugatilganligini ma'lum qildi.

Kompaniya ma'muriyatining ma'lum qilishicha, ushbu loyihalar (Kamilla va Ulug‘bek Xoliqov) shou-biznes va pop musiqa yo‘nalishida sinab ko‘rilan tajriba edi.

Kompaniya jamoasi ushbu loyihalar bilan birgalikda katta auditoriya qalbiga kirib borib, ularda yoqimli taassurot qoldirdi, deya umid qiladi.

Kelajakda mazkur kompaniya  asosiy kuchini keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish va qator multiplikatsion seriallarga sarflashini bildirdi.

Top