22:05 / 19.06.2016
20150

Qozog‘iston janubida otishma sodir bo‘ldi

Qozog‘istonning janubidagi Taraz shahrida (Jambul viloyatining ma'muriy markazi) sodir bo‘lgan otishmada bir nafar politsiyachi va yana bir kishi jarohat oldi. Bu haqda Jambul viloyati ichki ishlar departamentida ma'lum qilindi.  

"Borishker" deb nomlangan tezkor-profilaktik tadbir o‘tkazilishi davomida Tarazning mikrotumanlaridan birida tekshiruv vaqtida "noma'lum kimsa aniqlanmagan quroldan politsiya xodimiga o‘q uzgan". Politsiyachi o‘q uzgan kimsani ushlash vaqtida yaralagan.

Jinoyatchi va politsiyachi shifoxonaga yetkazilgan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan kimsa "politsiya hisobida turgan". Ma'lum qilinishicha, u "diniy ekstremist" hisoblanmaydi.

"Ayni vaqtda tafsilotlar va voqeaning barcha ishtirokchilarini aniqlash bo‘yicha qidiruv-tezkor tadbirlari o‘tkazilmoqda", deb ma'lum qilindi politsiyada.

Top