06:58 / 19.06.2016
4636

Kuru kosmodromidan Ariane 5 raketasi uchirildi

Ariane 5 raketa-tashuvchisi Frantsuz Gvianasidagi Kuru kosmodromidan uchirildi. Bu haqda kosmodrom konserni boshlig‘i Stefan Israel ma'lum qildi. Raketa orbitaga ikkita telekommunikatsion yo‘ldosh – EchoStar XVIII va BRIsat’ni olib chiqishi kerak.

Arianespace rahbari hamkorlar – Fransiya koinot agentligi CNES, Yevropa koinot agentligi ESA va sun'iy yo‘ldoshlar ishlab chiqaruvchisi SSL kompaniyasini muvaffaqiyatli parvoz bilan tabrikladi. 

Bu tarix davomida Ariane 5 fransuz raketasining 72- va 2016 yildagi 3-parvozi bo‘ldi. Bu galdagi raketa og‘irligi bo‘yicha rekord darajada bo‘ldi, u orbitaga 10,7 tonna yuk olib chiqadi. 

Jonli efirda namoyish qilingan raketa starti ob-havo sharoiti tufayli bir necha marta qoldirildi.

Top