15:44 / 19.06.2016
6131

Messi: Argentinaning eng yaxshi to‘purari bo‘lish men uchun muhim, axir bu Batistutaning rekordi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Amerika Kubogi chorak finalida Venesuelaga qarshi kechgan o‘yindan keyingi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Messi bu o‘yinda bitta golga mualliflik qildi va terma jamoa to‘purarlarini ro‘yxatini boshqarib kelgan sobiq futbolchi Gabriel Batistuta bilan tenglashib oldi. Endilikda har ikki futbolchi Argentina terma jamoasi safida 54tadan gol urgan futbolchilar bo‘lib turibdi.

«Terma jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘lish men uchun muhim ahamiyatga ega. Axir gap Batistita haqida ketmoqda. Lekin men jamoaning muvaffaqiyatlaridan ko‘proq xursand bo‘laman. Meni jamoa ko‘rsatayotgan o‘yin juda xursand qilmoqda. Biz maydonga hamisha qahramon bo‘lish uchun chiqamiz. Bu tarkib ikki marta katta turnirlar finalida o‘ynashga ulgurdi. Umid qilamanki, bu ishni uchinchi marta ham uddalaymiz. Shu paytgacha qanday o‘ynab kelgan bo‘lsak, shu ishni qilishda davom etishimiz kerak», — deya Messining so‘zlarini keltirgan Goal.

Manba: Tribuna.uz

Top